O’zbekistonga 1 mln doza vaksina olib kelindi

Hozirda mamlakatda emlash jarayonini boshlash uchun 3 ming 138 ta emlash punktlari hamda 862 ta mobil brigadalari shay holga keltirilgan.

1609922
O’zbekistonga 1 mln doza vaksina olib kelindi

 

Xitoydan O’zbekistonga 1 mln doza vaksina olib kelindi.

Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan O’zbekistonda 3-bosqich sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgan, o‘zbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining 1 million dozasi Xitoydan O’zbekistonga olib kelindi.

O‘zbekiston va Xitoy yangi vaksinani birgalikda ishlab chiqarish va foydalanilishga kelishgani bildirilgan edi. 2021 yil 1 mart kuni ZF-UZ-VAC 2001 koronavirusning yangi tipiga qarshi rekombinant (CHO cell) vaksina tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Avvalroq, 17 mart kuni O’zbekistonga 660 ming doza AstraZeneca vaksinasi ham olib kelingani haqida xabar berilgandi.

Hozirda emlash jarayonini boshlash uchun 3 ming 138 ta emlash punktlari hamda 862 ta mobil brigadalari shay holga keltirilgan. Shuningdek, vaksinalarni tashish va hududlarga yetkazish uchun YuNISEF 17 ta muzlatkichli yuk mashinasi va 206 ta Miniven-Labo avtomobillarini taqdim etgan.

Joriy yilda COVID-19ga qarshi emlanishi ko‘zda tutilgan fuqarolarning xavf guruhlariga ko‘ra taqsimoti quyidagicha:

  • 65 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lganlar;
  • 75 yoshdan 84 yoshgacha bo‘lganlar;
  • 85 yosh va undan yuqori bo‘lganlar;
  • Tibbiyot xodimlari;
  • Surunkali kasalliklari bor aholi (18-65 yosh);
  • Maktab xodimlari;
  • Maktabgacha ta’lim xodimlari;
  • Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari.

Tanlangan kalimalar: #vaksina , #Xitoy , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar