Turkish Airlines Farg'onaga to'g'ridan-to'g'ri reyslarni yo'lga qo'yadi

Aviakompaniyaning O`zbekistondagi vakolatxonasi bosh direktori boshchiligidagi ishchi guruh Farg`ona xalqaro aeroportini ko`zdan kechirish hamda mavjud infratuzilma va xavfsizlik tizimi bilan joyida tanishish uchun Farg`onaga keldi.

1609910
Turkish Airlines Farg'onaga to'g'ridan-to'g'ri reyslarni yo'lga qo'yadi

 

Turk havo yo`llari (“Turkish Airlines”) Turkiyaning yirik shaharlaridan Farg`onaga to`g`ridan-to`g`ri reyslar yo`lga qo`ymoqchi.

Aviakompaniyaning O`zbekistondagi vakolatxonasi bosh direktori Selim Kaxriman boshchiligidagi ko`p sonli turk mutaxassislaridan iborat ishchi guruh, Farg`ona xalqaro aeroportini ko`zdan kechirish hamda mavjud infratuzilma va xavfsizlik tizimi bilan joyida tanishish uchun Farg`onaga keldi.

Delegatsiya vakillarini aeroport direktori Timur Xalilov hamda viloyat hokimligi mutasaddilari kutib oldilar.

Samarali o`tgan muloqot chog`ida Farg`ona aeroportining vodiy hududida tutgan o`rni va roli alohida e`tirof etildi. Mehmonlarga viloyatning iqtisodiy va yo`lovchi salohiyati, shuningdek Turkiya bilan hamkorlik yo`nalishlari haqida ma`lumot berildi.

Uchrashuv chog`ida havo kemalariga yer usti xizmat ko`rsatish hamda umumiy xavfsizlik risklari masalalari alohida muhokama qilindi.

Eslatma: Avvalroq "Turkish Airlines" aviakompaniyasi Urganch xalqaro aeroporti bilan ham muntazam aviaqatnovlarni yo’lga qo’yganligini ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkish Airlines , #Farg'ona , #O'zbekiston , #THY

Aloqador xabarlar