Agzamho‘jayev Savdo vaziri Ruxsor Pekjan bilan uchrashdi

Alisher Agzamho‘jayev Turkiya Respublikasi Savdo vaziri Ruxsor Pekjan bilan uchrashdi.

1608120
Agzamho‘jayev Savdo vaziri Ruxsor Pekjan bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi elchisi Alisher Agzamho‘jayev Turkiya Respublikasi Savdo vaziri Ruxsor Pekjan bilan uchrashdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi elchixonasining ijtimoiy tarmoq, Facebook hisobida ma'lum qilindi. 

Unda,

"Turkiya Respublikasi Savdo vaziri Ruxsor Pekjan bilan uchrashib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo - iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashdik. Uchrashuv natijasida, joriy yilning aprel oyida Ruxsor Pekjan boshchiligidagi Turkiya Savdo vazirligi va yetakchi investisiya uyushmalari vakillaridan iborat delegasiyasining O‘zbekistonga tashrifini ishlab chiqishga kelishib olindi". - deyildi.

Ruxsor Pekjan esa mavzu haqida ijtimoy tarmoq Facebook hisobi orqali bergan bayonotida, “O‘zbekistonning Anqaradagi elchisi Alisher Agzamho‘jayev bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tijoriy munosabatlarni baholadik”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar