Nobel mukofoti sohibi Aziz Sanjar o’zbek talabalarga dars bermoqda

Taniqli turk olim, Nobel mukofoti sohibi Aziz Sanjar O’zbekistonning Samarqand Davlat universiteti kimyo fakulteti talabalariga “Odam genomi, DNK reparasiyasi xaritasi” mavzusida onlayn ma`ruza o`qiy boshladi.

1608562
Nobel mukofoti sohibi Aziz Sanjar o’zbek talabalarga dars bermoqda

 

Taniqli turk olim, Nobel mukofoti sohibi Aziz Sanjar O’zbekistonning Samarqand Davlat universiteti kimyo fakulteti talabalariga “Odam genomi, DNK reparasiyasi xaritasi” mavzusida onlayn ma`ruza o`qiy boshladi.

Aziz Sanjar ayni paytda AQShning Shimoliy Karolina universiteti professori. U 2015 yilda DNKni tiklash mexanizmlarini tadqiq etgani uchun kimyo yo`nalishida Nobel mukofoti sovrindori bo`lgan.  

2018 yil Samarqand Davlat universitetiga tashrifi chog`ida unga faxriy professor unvoni berilgan edi. O`shanda Aziz Sanjar ushbu kashfiyoti uchun 45 yil vaqt ketganini aytib, SamDU talabalariga dars berishga tayyor ekanini ta`kidlagandi. Ushbu tashabbusning ijobati sifatida taniqli olim Navro`z arafasida SamDU talabalariga ilk onlayn ma`ruzasini o`qidi.  

Dunyoga mashhur kimyogar olim, saraton kasalligini davolash bo`yicha juda katta ilmiy kashfiyot qilgan Aziz Sanjarning ma`ruzasini o`qituvchilar, ilmiy xodimlar, talabalar katta qiziqish bilan tingladi.

“Nobel mukofoti laureatidan saboq olish biz talabalar uchun baxt. Ma`ruza davomida DNK molekulalariga oid yangi ma`lumotlarga ega bo`ldik. Albatta bu ma`ruza ilmga bo`lgan qiziqishimizni yanada oshirdi”, – deydi SamDU kimyo fakulteti talabasi Bekzod Nazarov.  

“Bugungi kunda dunyoning ko`plab nufuzli universitetlari olimlari SamDUda dars berish taklifini mamnuniyat bilan qabul qilmoqda. Bu bejiz emas. Universitetimiz nafaqat Markaziy Osiyo, balki jahonga taniqli oliy ta`lim muassasasi sifatida e`tirof etilmoqda. Talabalarimiz chet tilini bilishiga alohida ahamiyat qaratayapmiz. Aziz Sanjarning onlayn ma`ruzalari o`quv yili oxirigacha davom etadi”, – deydi SamDU kimyo fakulteti dekani, texnika fanlari nomzodi Noryigit Musulmonov. 


Tanlangan kalimalar: #Nobel , #SamDU , #O'zbekiston , #Aziz Sanjar

Aloqador xabarlar