Bugun Qirg‘iziston bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat rahbarlari raisligida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyaning 9-yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.

1608063
Bugun Qirg‘iziston bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

 

Bugun, 25 mart kuni Qirg‘iziston bosh vaziri Ulug‘bek Maripov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat rahbarlari raisligida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyaning 9-yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Qirg‘iziston delegatsiyasi tarkibida mamlakatning turli vazirlik va idoralarining rahbarlari o’rin olgan. Delegatsiya vakillari Toshkentdagi qator yuqori texnologik korxonalarda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va tayyorlanayotgan mahsulotlar bilan tanishadi.

Avvalroq, O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” loyihasini birgalikda amalga oshirishi xabar qilingandi. 

Eslatma: Joriy yilning 11-12 mart kunlari Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan Qirg‘iziston hududida “Qambarota GES-1”  investitsiya loyihasini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.



Aloqador xabarlar