Toshkentda O‘zbekiston va Turkiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshliqlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Turkiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i armiya generali Yashar Guler rahbarligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda.

1607694
Toshkentda O‘zbekiston va Turkiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshliqlari uchrashuvi bo'lib o'tdi
Yaşar Güler-Özbekistan-2.jpg
Yaşar Güler-Özbekistan-1.jpg

 

Shu kunlarda Turkiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i armiya generali Yashar Guler rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo’lib turibdi.

O'zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Turkiya delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig’i general-mayor Shuxrat Holmuhammedov tomonidan harbiy marosim bilan kutib olindi. Harbiy marosimdan so'ng, ikki mamlakat delegatsiya vakillari ishtirokida rasmiy uchrashuv o'tkazildi.

Yashar Guler o’z navbatida Shuxrat Holmuhammedovni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig’i lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan tabrikladi. Unga yangi mas’uliyatli vazifasida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

U shu bilan birga, qardosh O'zbekistonda bo'lib turganidan bahtiyor ekanligini bildirdi.

"Do'st va qardosh mamlakat, chuqur tarixiy va madaniy aloqalarga ega ushbu mamlakat biz uchun alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun biz O'zbekiston bilan harbiy aloqalarimizni chuqurlashtirishgakatta e’tibor qaratmoqdamiz. Qurolli kuchlarimiz o'rtasidagi hamkorlik keng ko'lamda ta'limdan yuqori darajadagi tashriflarga qadar davom etmoqda. Turkiya Qurolli kuchlari sifatida biz har doim o'z bilimimiz va tajribamizni imkon qadar O'zbekiston Qurolli kuchlari bilan almashishga tayyormiz", - dedi u.

Halmuhammedov esa, ikki mamlakat o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalar bosqichma-bosqich rivojlanib borayotganini, shu doirada xavfsizlik va harbiy sohalardagi aloqalar ham mustahkamlanib borayotganini ta'kidladi. 

Halmuhammedov Turkiya maxsus kuchlari o'quv mashg'ulotlari va O'zbekiston Qurolli Kuchlari o'rtasida terrorizmga qarshi kurash bo'yicha qo'shma harbiy o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish muhimligini ta'kidlab, "Ikki mamlakat qurolli kuchlari o'rtasidagi munosabatlar asta-sekin rivojlanib bormoqda. Biz yana bir bor ta'kidlashni istaymiz-ki turk do'stlarimiz bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyormiz", - dedi.

Turkiya delegatsiyasi vakillari Toshkentdagi “G‘alaba bog’i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishi va Termizda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma taktik o’quv mashg’ulotlarini kuzatishi rejalashtirilgan.

 

Turkiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i armiya generali Yashar Guler Toshkentda Turkiyaning O’zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

“Ota yurt va qardosh O'zbekistonga tashrif doirasida Bosh shtab boshlig'imiz armiya generali Yashar Gulerni Elchixonamizda kutib olish sharafiga muyassar bo'ldik. Tashriflari munosabati bilan Elchixonamizning Faxriy daftari armiya generali Yashar Guler tomonidan imzolandi”,-deb ma’lum qilgan Turkiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Olgan Bekar , #Yashar Guler , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar