Nuri Ersoy Turk dunyosini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, Navro‘z bayrami munosabati bilan Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TÜRKSOYga tashrif buyurdi.

1606514
Nuri Ersoy Turk dunyosini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, Navro‘z bayrami munosabati bilan Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TÜRKSOYga tashrif buyurdi.

Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoyni Bosh kotib Dusen Qaseinov kutib oldi.

Qaseinov bilan Navro‘z olovi yoqqan Ersoy olovdan sakrab, temir bolg‘aladi.

Ersoy TÜRKSOYga bo‘lgan tashrifida so‘zlagan nutqida, Turk dunyosini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

Navro‘zning bundan buyon butun dunyo xalqlarining mushtarak madaniyati qatorida qabul qilinishining muhim ekanini ifoda etgan Ersoy, TÜRKSOY tadbirlarining butun dunyoda keng tarqalishi va madaniy munosabatlarning kun o‘tgan sari yana - da mustahkam tus olishini ta’minlashni ko‘zda tutganliklarini qayd etdi.

Bosh kotib Dusen Qaseinov esa Navro‘z bayramining TÜRKSOY va tashkilotga a’zo davlatlarning tashabbusi bilan bundan buyon butun dunyo bayramiga aylangani, 2009 - yili UNESCOning “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxati”ga kiritilganini yodga solgan holda, keyingi tashabbuslar natijasida 2010 - yilning 23 - fevrali kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 21 - martni, “Navro‘z umumxalq bayrami” deb e’lon qilganini qayd etdi.

Turk dunyosidan raqslar namoyish etilgan tashrif chog‘ida Ersoyga, Navro‘z patnisi va “Abay” medali taqdim etildi.



Aloqador xabarlar