Turkiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Turkiya delegatsiyasi vakillari Toshkentdagi "G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishi, shuningdek, "Termiz" poligonida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma taktik o‘quv mashg'ulotlarini kuzatishi kutilmoqda.

1606971
Turkiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i O‘zbekistonga tashrif buyurdi

 

Bugun 23-mart kuni Turkiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i armiya generali Yashar Guler rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

O'zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Turkiya delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Turkiya delegatsiyasi vakillari Toshkentdagi "G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishi, shuningdek, "Termiz" poligonida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma taktik o‘quv mashg'ulotlarini kuzatishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Termiz , #Turkiya , #O'zbekiston , #Yashar Guler

Aloqador xabarlar