JSST:Nochor davlatlar vaksinaga erishishda qiyinchilikka uchramoqda

Badavlat mamlakatlarda qo’llanilgan koronavirusga qarshi vaksinalar soni nochor davlatlarda qo’llanilgan vaksinalar soniga qaraganda ancha ko’p. Bu farq kundan kunga ortib bormoqda.

1606692
JSST:Nochor davlatlar vaksinaga erishishda qiyinchilikka uchramoqda

 

Badavlat mamlakatlarda qo’llanilgan koronavirusga qarshi vaksinalar soni nochor davlatlarda qo’llanilgan vaksinalar soniga qaraganda ancha ko’p. Bu farq kundan kunga ortib bormoqda.

Bu haqda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti rahbari Tadros Adhanom Ghebreyesus ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, badavlat mamlakatlarda qo’llanilgan vaksinalar soni bilan nochor davlatlarga COVAX tomonidan yetkazilgan vaksinalar soni o’rtasidagi farq kundan kunga ortib bormoqda. Ba’zi davlatlar butun aholisini koronavirusga qarshi to’liq emlash uchun boshqa davlatlar bilan go’yo poyga qilmoqda. Nochor ahvolda bo’lgan kambag’al davlatlarning ba’zilarida esa, hatto vaksinatsiya kampaniyasi boshlanmagan.

Janubiy Koreya badavlat mamlakat bo’lishiga qaramay,  vaksina ishlab chiqargan kompaniyalar bilan shartnoma tuzish o’rniga, vaksinalarni bo’lishish dasturi COVAXdan vaksina kutayotganligini ta’kidlagan Ghebreyesus, Janubiy Koreyani boshqa badavlat mamlakatlarga o’rnak qilib ko’rsatdi.

Uning ta’kidlashicha, Britaniyada Oxford Universitetining dori firmasi AstraZeneca bilan ishlab chiqarilgan vaksinaning AQShda olib borilayotgan 3-bosqich sinovlarida 79 foiz samara bermoqda. Ushbu vaksinaning eng muhim jihati shunda-ki, tromb hosil qilishi xavfi kuzatilmayotir.

“Ushbu ma’lumotlar AstraZeneca vaksinasining ishonchli va samarali ekanligining yaqqol isbotidir”,-deb aytgan Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti rahbari.

O’z navbatida, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti rahbarining o’rinbosari Mariangela Simao esa, hozirgi kunda Afrikada hech bir davlat AstraZeneca vaksinasidan foydalanishdan bosh tortmaganligini ma’lum qildi. Bu esa, ushbu vaksina haqidagi xavotirlarni puchga chiqaradi.

“Hammasi joyida. Afrika qit’asida AstraZeneca vaksinasini rad etgan biron davlat yo’q”,-deydi u.


Tanlangan kalimalar: #AstraZeneca , #vaksina , #JSST

Aloqador xabarlar