Turkiston Xalqaro aeroportidan birinchi chet el qatnovi Istanbul yo‘nalishida amalga oshirildi

Turkiston Xalqaro aeroportidan birinchi chet el qatnovi kecha, 21- mart Navro‘z bayrami kuni Istanbul yo‘nalishida amalga oshirildi.

1605675
Turkiston Xalqaro aeroportidan birinchi chet el qatnovi Istanbul yo‘nalishida amalga oshirildi

Qozog‘istonning Turkiston shahrida o‘tgan yilning 1 - dekabri kuni xizmatga ochilgan Turkiston Xalqaro aeroportidan birinchi chet el qatnovi kecha 21- mart Navro‘z bayrami kuni Istanbul yo‘nalishida amalga oshirildi.  

Qozog‘iston Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotiga ko‘ra, Turkiston Xalqaro aeroportining birinchi chet el qatnovi Istanbul yo‘nalishida va 176 yo‘lovchi bilan Fly Arystan havo yo‘li shirkatining A - 320 rusumidagi uchog‘ida orqali yo‘lga qo‘yilgan.

Qayd etilishicha ushbu yo‘nalishdagi qatnov eng avvalo haftada 2, keyinchalik esa  haftada 7 ga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.



Aloqador xabarlar