Turkiyalik zargarlar Xorazmga tashrif buyurdi

Xorazm viloyat hokimi Farxod Ermanov Turkiyaning “Sure Kuyumcilik” zargarlik kompaniyasi ta’sischilarini qabul qildi.

1605374
Turkiyalik zargarlar Xorazmga tashrif buyurdi

 

Xorazm viloyat hokimi Farxod Ermanov Turkiyaning “Sure Kuyumcilik” zargarlik kompaniyasi ta’sischilarini qabul qildi.

Sohada 35 yildan buyon faoliyat olib borayotgan ushbu kompaniya Quvayt, Dubay va Qatarda zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

Viloyat hokimi chet ellik investorlarga O’zbekistonda zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, xususan, sohaga berilgan soliq va bojxona imtiyozlari, mahsulotlarni ichki va tashqi bozorda elektron tijorat usulida sotish, asllik darajasini belgilovchi tamg‘alash huquqi ishlab chiqaruvchilarning o‘ziga berilganligi va boshqa qulayliklar haqida gapirib berdi.

Turkiyalik sarmoyadorlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #sargarlik , #Turkiya

Aloqador xabarlar