Mavlud Chavusho'g'li Xiva shahriga tashrif buyurdi

"Bu yerda ajdodlarimiz qoldirgan bebaho buyumlar, eksponatlar mavjud. Xiva ajoyib shahar. Men ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirmoqchiman. Biz yana o'zbekona mehmondo'stlikning guvohi bo’ldik",-deb aytgan Mavlud Chavusho'g'li.

1596789
Mavlud Chavusho'g'li Xiva shahriga tashrif buyurdi
cavusoglu ozbekistan hive2.jpg
cavusoglu ozbekistan hive1.jpg
cavusoglu ozbekistan hive.jpg

 

Rasmiy tashrif doirasida O'zbekistonning Xiva shahrida bo'lgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li u yerda O'zbekiston tarixi va madaniyati to'g'risida juda muhim ma'lumotlarga ega bo'lganini ma’lum qildi.

"Bu yerda ajdodlarimiz qoldirgan bebaho buyumlar, eksponatlar mavjud. Xiva ajoyib shahar. Men ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirmoqchiman. Biz yana o'zbekona mehmondo'stlikning guvohi bo’ldik", - deb aytgan Mavlud Chavusho'g'li.

Vazir Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo'g'an va O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Turkiya va O'zbekiston o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yangi pog’onaga olib chiqilganligini ta’kidladi.

Tomonlar o'zaro munosabatlarni madaniyat, turizm, ta'lim va qishloq xo'jaligi kabi turli sohalarda yanada rivojlantirmoqchi ekanligini tilga olgan Mavlud Chavusho'g'li"Biz Turk dunyosining birligi uchun birgalikda harakat qilamiz. Shuningdek, barqarorlik va tinchlik uchun harakat qilamiz. Men yurtdoshlarimizga ham bu yerni ko’rishlarini tavsiya qilaman",- dedi.

Mavlud Chavusho'g'li Xivada masjidlar va minoralar haqida ma'lumot olganini va Ichan qal'asidagi har bir asar unda katta taassurot qoldirganini ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, Prezident Erdo'g'an turk kompaniyalariga Xiva, Buxoro va Samarqandda mehmonxonalar qurish bo'yicha ko'rsatmalar bergan. Turk havo yo'llari ham koronavirus pandemiyasidan keyin Buxoroga aviaqatnovlarni tashkil etishni rejalashtirmoqda. 

"Xivaning faxriy fuqaroligi" bilan taqdirlangan Tashqi ishlar vaziri M. Chavushog'lu, Xivadagi sayohati doirasida Ichan qal'a, Kalta Minor, Pahlavon Mahmud maqbarasi va boshqa makonlarni ziyorat qildi va ular haqida ma'lumot oldi. 

Xiva – Xorazmning qadim shaharlardan biri bo’lib, o’rta asr sharq mе'morchiligining tеngsiz durdonasi hisoblanadi. Xiva - qadimiy devorlar, minoralar va paxsadan qurilgan betakror binolar shahri. Xiva- 2500 yillik tarixga ega bo’lib, YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.



Aloqador xabarlar