Matbuot sharhlari 08.03.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1596910
Matbuot sharhlari 08.03.2021

 

Hurriyat gazetasi: “Insoniyatga qarshi jinoyat deb baholayman” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan barcha ayollarni tabrikladi.

“Sevgisi, fidokorona mehnati bilan butun insoniyatga umid bahsh etgan barcha ayollarimizni, munis onaxonlarimizni 8 Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklayman! Ushbu kun munosabati bilan dunyoda ayollarga nisbatan zo’ravonlik va shafqatsizlikni qoralayman!”,-dedi Turkiya prezidenti.

 

Star gazetasi: “O’zbekistonda birinchi bo’lib elchixona ochgan davlat Turkiya bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li O’zbekistonning Samarqand shahrida tashkil etilgan Turkiya bosh konsulligining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.

“Turkiya bosh konsulligi turklarning ota yurti bo’lgan O’zbekiston bilan doimiy qardoshligimizning ramzi bo’ladi. O’zbekistonni birinchi bo’lib tan olgan davlat Turkiya Respublikasi edi, O’zbekistonda elchixona ochgan ilk davlat ham biz bo’ldik”,-dedi Mavlud Chavusho’g’li.

 

Yeni shafak gazetasi: “Bayden hukumati Tolibon va Afg’oniston hukumati o’rtasidagi muzokaralar uchun Turkiyadan yordam so’raydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Afg’oniston prezidenti Ashraf G’aniga yo’llagan maktubida Turkiyadan Afg’oniston hukumati va Tolibon o’rtasidagi muzokaralarga mezbonlik qilishini iltimos qilishini yozdi.

 

Vatan gazetasi: “THY va Istanbul aeroporti dunyo bo’yicha liderligini davom ettirmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, EUROCONTROL tashkilotining hisobotiga ko’ra, Turk Havo Yo’llari 1 fevral-6 mart kunlari kunlik o’rtacha 581ta aviareys amalga oshirgan holda, raqiblarini ortda qoldirdi. Ayni vaqtda Istanbul aeroporti ham dunyodagi eng gavjum aeroport deb topildi.

 

Sabah gazetasi: “Oyga sayohat uchun murojaatlar ro’yxatida Turkiya 4-o’rinda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, SpaceX kompaniyasi vositasida Oyga 8 kishini olib borishini e’lon qilgan yapon millioner Yusaki Maezava 239 davlatdan 500 mingdan ortiq murojaat kelib tushganini ma’lum qildi. Ushbu ro’yxatda Turkiya 4-o’rinni egallamoqda. Ro’yxatda birinchi o’rinda Hindiston, ikkinchi o’rinda AQSh va uchinchi o’rinda Eron o’rin olgan.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar