O‘zbekistondan Turkiyaga muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda

“Uzbekistan Airways”  aviakompaniyasi “Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona”  va  “Urganch-Istanbul-Urganch”  yo‘nalishlari bo‘yicha yangi muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

1594360
O‘zbekistondan Turkiyaga muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda

 

O‘zbekistondan Turkiyaga ikkita yangi muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda.

“Uzbekistan Airways”  aviakompaniyasi “Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona”  va  “Urganch-Istanbul-Urganch”  yo‘nalishlari bo‘yicha yangi muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Uzbekistan Airways” maʼlum qilishicha, “Farg‘ona-Istanbul- Farg‘ona”  yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar joriy yil 3 apreldan boshlab haftasiga ikki marta, chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

“Urganch-Istanbul-Urganch” yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlar 28 martdan  boshlanadi va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

“Aviachiptalarni kompaniyaning veb-saytida, “Uzbekistan Airways Sales” yoki agentlar ofislaridan sotib olishingiz mumkin. Sizga yoqimli va xavfsiz parvoz tilaymiz”, deyiladi aviakompaniya xabarida.


Tanlangan kalimalar: #aviaqatnov , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar