O’zbekistonda 5 davlat fuqarolariga 10 kunlik vizasiz sayohat huquqi berildi

Shavkat Mirziyoyev tomonidan o’tgan oyda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmon bugun, 1-martdan boshlab kuchga kirdi.

1592866
O’zbekistonda 5 davlat fuqarolariga 10 kunlik vizasiz sayohat huquqi berildi

 

O’zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish to’g’risidagi farmon kuchga kirdi.

Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan o’tgan oyda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, 5 davlat fuqarolariga 10 kunlik vizasiz sayohat huquqi beriladi. Prezident farmoni bugun, 1-martdan boshlab kuchga kirdi.

2021-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatga o‘z vatani yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan quyidagi davlatlar fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi:

— Bahrayn Qirolligi;

— Qatar Davlati;

— Quvayt Davlati;

— Ummon Sultonligi;

— Xitoy Xalq Respublikasi va uning tarkibiga kiruvchi Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari.

Shuningdek, xorijiy aviakompaniyalarning Indoneziya, Bangladesh va Malayziya mamlakatlaridan xorijiy turistlarning O‘zbekistonga sayohatlarini tashkil etishga qaratilgan hamda “Umra+” dasturi doirasidagi O‘zbekistonga aviaparvozlari, qo‘nish va uchish xavfsizligi qoidalaridan tashqari, to‘sqinliksiz amalga oshiriladi.

O’zbekiston hukumati avvalroq, turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorlari doirasida, 86 davlat vatandoshlariga 1 oydan 3 oygacha muddatga O’zbekistonga vizasiz sayohat qilish huquqini bergandi. Ushbu mamlakatlar orasida Turkiya ham bor.


Tanlangan kalimalar: #farmon , #vizasiz sayohat , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar