Turkiston, “Jahon me’rosi shaharlari” ro‘yhatiga kirdi

Turk dunyosining manaviy poytaxti Turkiston, “Jahon me’rosi shaharlari” ro‘yhatiga kirdi.

1591100
Turkiston, “Jahon me’rosi shaharlari” ro‘yhatiga kirdi

Turk dunyosining manaviy poytaxti Turkiston, “Jahon me’rosi shaharlari” ro‘yhatiga kirdi.

Turkiston shahar hokimligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, shaharning 2 - aprel kuni uyushtiriladigan 10 - Xalqaro Yevroosiyo Jahon me’rosi shaharlari konferensiyasiga mezbonlik qilishi qayd etildi.

Bayonotda, Qozog‘istonning janubida joylashgan va Turk dunyosining manaviy poytaxti sifatida tanilgan Turkiston shahrining Jahon me’rosi shaharlari tashkilotiga rasmiy ravishda a’zo ekani ham ma’lum qilindi.

Shaharning nomi tilga olingan tashkilot tarkibiga a’zo bo‘lishi orqali maqomining ko‘tarilishi ta’kidlangan bayonotda,

“Rang - barang gumbazi bilan butun jahonni fath etgan Turkistondagi Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasi, bundan buyon yana - da ko‘proq sayyohning e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Jahon me’rosi shaharlari tashkiloti, UNESCO tomonidan himoya ostiga olingan me’roslarning boshqarilishi haqidagi yo‘l - yo‘riqlarning rivojlantirilishi va yo‘lga qo‘yilishini qo‘llab - quvvatlanishi maqsadi bilan 1993 - yili Marokashning Fes shahrida tashkil topgandi.



Aloqador xabarlar