Turkiy Kengashga a'zo davlatlar energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy Kengash) energiya vazirlari birinchi marta energetika sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

1590263
Turkiy Kengashga a'zo davlatlar energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi

 

Kecha, 24 fevral kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy Kengash)  energetika vazirlarining videokonferensiya shaklida uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy Kengash) energiya vazirlari birinchi marta energetika sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Mazkur onlayn tadbirda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining bosh kotibi Bag'dod Amreev, Turkiyaning Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do’nmez, Ozarbayjon Energetika vaziri Parviz Shaxbazov, Qozog'iston Energetika vaziri Nurlan No'gaev, Qirg'iziston Energetika va sanoat vazirining o'rinbosari Verona Isaeva, O'zbekiston Energetika vazirining maslahatchisi Aziz Alimuhammedov, Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligining energetika va iqlim bo'yicha vakili Dora Zombori ishtirok etdi.

Uchrashuv videokonferensiya shaklida bo'lib o'tdi va unda  energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada ushbu jabhadagi aloqalarni yaxshilash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Yig’ilish ishtirokchilari Turkiyaning qayta ishlanadigan energiya sohasi bo’yicha katta tajribaga ega ekanligini ta'kidladilar. O'z navbatida, Turkiya vakili o'z tajribalarini Turkiy Kengashga a'zo davlatlar bilan o’rtoqlashishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Tomonlar tabiiy gaz va neft sanoatida hamkorlikni kengaytirish masalasiga katta e’tibor qaratdi. Turk Kengashiga a'zo davlatlar energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy Kengash) energiya vazirlarining navbatdagi yig’ilishi 2022 yilda Qozog'istonda bo'lib o'tadi.


Tanlangan kalimalar: #energiya , #Turkiy Kengash

Aloqador xabarlar