Ozarbayjonning ishg’oldan ozod qilingan Talish qishlog’ida mina portladi

Ozarbayjonning Terter tumaniga qarashli Talish qishlog’ida Armaniston askarlari tomonidan joylashtirib ketilgan mina portladi. Portlash oqibatida 1 nafar ozarbayjonlik tinch aholi vakili halok bo’ldi.

1586793
Ozarbayjonning ishg’oldan ozod qilingan Talish qishlog’ida mina portladi

 

Ozarbayjonning ishg’oldan ozod qilingan Talish qishlog’ida Armaniston askarlari tomonidan joylashtirib ketilgan mina portladi.

Portlash oqibatida 1 nafar ozarbayjonlik tinch aholi vakili halok bo’ldi.

Bu haqda Ozarbayjon bosh prokuraturasi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, Ozarbayjonning Terter tumaniga qarashli Talish qishlog’i hududida harakatlanayotgan avtomobil mina ustidan o’tgan. Shiddatli portlash oqibatida 1 kishi halok bo’lgan.

Ma’lumotga ko’ra, mina ishg’ol davrida Armaniston askarlari tomonidan joylashtirilgan bo’lib, u tanklarni yo’q qilish qobiliyatiga ega bo’lgan.

Bundan avval ham Ozarbayjonning ishg’oldan ozod qilingan turli hududlarida Armaniston askarlari tomonidan joylashtirilgan minalar portlashlari ro’y bergan. Portlashlar oqibatida ko’plab ozarbayjonlik tinch aholi vakillari va harbiylar halok bo’lgan.


Tanlangan kalimalar: #Tog'li Qorabog' , #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar