O'zbekistondagi turizm kolleji Antaliya turizm akademiyasi bilan hamkorlik qilmoqda

O’zbekistonning Xiva shahridagi turizm kolleji va Turkiyaning Antaliya shahridagi turizm akademiyasi o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi.

1579523
O'zbekistondagi turizm kolleji Antaliya turizm akademiyasi bilan hamkorlik qilmoqda

 

O’zbekistonning Xiva shahridagi turizm kolleji Turkiyaning Antaliya turizm akademiyasi bilan hamkorlik qilmoqda.

Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti xabariga ko‘ra, O’zbekistonning Xiva shahridagi turizm kolleji va Turkiyaning Antaliya shahridagi turizm akademiyasi o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Turizm sohasida malakali kadrlarni tayyorlash bugungi kunda zamon talabiga aylangan. Shu bois viloyatda xorijdagi yetakchi o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

Memorandumga asosan o‘quv maskanlari turizm sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, sayyohlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #turizm kolleji , #Xiva , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar