Ersin Tatar Britaniya Tashqi Ishlar vaziri Raabni qabul qildi

ShKTR Prezidenti Ersin Tatar Britaniya Tashqi Ishlar vaziri Raabni kecha Nikosiyada qabul qildi.

1577957
Ersin Tatar Britaniya Tashqi Ishlar vaziri Raabni qabul qildi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Prezidenti Ersin Tatar Britaniya Tashqi Ishlar vaziri Raabni kecha Nikosiyada qabul qildi.

Ersin Tatarning Dominik Raab bilan bo‘lgan uchrashuvi qariyb 1 soat davom etdi.

Prezident Tatar ushbu uchrashuv ortidan bergan bayonotida 5 + 1 (Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kiprning grek qismi, uch kafil mamlakat shu jumladan Turkiya, Gretsiya, Britaniya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti) Kipr konferensiyasi bilan aloqali muhim masalalarni baholaganliklarini bildirdi.  

Orolda barqarolikning faqatgina ikki davlatning bir - birini tan olish yo‘li bilangina o‘rnashi mumkinligini ifoda etgan Tatar, britaniyalik vazirning mavzuga bo‘lgan yaqin qiziqishidan xursand bo‘lganini bildirdi.

Ersin Tatar Raab bilan kiprlik turklarning, Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi bilan ko‘proq yana qanday yutuqqa erishishi mumkinligini ham muhokama qilganliklarini bildirdi. Britaniyalik vazirning bu mavzuga e’tibor berishi ta’kidlandi.   


Tanlangan kalimalar: #ShKTR , #Ersin Tatar , #Dominik Raab

Aloqador xabarlar