Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov qasamyod qildi

Bugun, 28 yanvar kuni Qirg‘izistonning yangi saylangan Prezidenti Sadir Japarovning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezident Sadir Japarov qasamyod qilib o’z vazifasini bajarishga kirishdi.

1572863
Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov qasamyod qildi

 

Sadir Japarovning inauguratsiya marosimi poytaxt Bishkekdagi Milliy filarmoniya binosida o‘tkazildi. Marosimda mingdan ortiq mehmon ishtirok etdi. Ular orasida oktyabrdagi namoyishlar ortidan iste’foga chiqqan sobiq prezident Sooronbay Jeenbekov ham bor.

Qirg’iziston markaziy saylov komissiyasi rahbari Nurjan Shayldabekova yangi prezident Sadir Japarovga davlat rahbari ramzlari — ko‘krak nishoni va davlat rahbari guvohnomasini taqdim etdi. Oltin va kumushdan yasalgan ko‘krak nishoniga prezidentning ism-sharifi yozilgan.

Davlat rahbari guvohnomasini qabul qilgan Sadir Japarov o’ng qo’lini konstitutsiyaga qo’yib qasamyod qildi. Qirg’iziston milliy gimni kuylangach, Japarov marosim ishtirokchilariga hitob qildi.

“Ikki ming yildan ortiq shonli tarixga ega bo’lgan xalqim huzurida sharafli va o’ta mashaqqatli mas’uliyatni his qilib turganimni aytmoqchiman”,-deb so’z boshladi Sadir Japarov.

Prezident, shuningdek o‘tgan yil kuzda mamlakatda yuzaga kelgan siyosiy inqirozga ham qisqacha to’xtalib o’tdi. Inqirozdan chiqishda Rossiya va qo’shni davlatlar O’zbekiston va Qozog’iston tomonidan yordam ko‘rsatilganini alohida ta'kidlab o’tdi.

“Qirg‘izistondagi siyosiy voqealar vaqtida Rossiya tomonidan ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirishni istardim. Qo‘shni O‘zbekiston va Qozog‘istonning yordamini ham qayd etishimiz kerak”, -deb aytgan Jadori Japarov.

Prezident shu bilan birga, Turkiya bilan munosabatlarni rivojlantirish, strategik sheriklar bilan iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash istagini tilga oldi.

Shuningdek, nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari bilan, balki Xitoy, AQSh va Yevropa davlatlari bilan ham yaqin hamkorlik qilishga katta g’ayrat ko’rsatishini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar