Bayramov, dengizchining jasadini topshirgani uchun Chavusho‘g‘luga minnatdorchilik bildirdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqat qildi.

1572446
Bayramov, dengizchining jasadini topshirgani uchun Chavusho‘g‘luga minnatdorchilik bildirdi

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayxun Bayramov Nigeriya qirg‘og‘idan uzoq nuqtada hujumga uchragan “Mozart” kemasida halok bo‘lgan ozarbayjonlik dengizchining jasadining Bokuga yuborilishi masalasi ustidan Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘luga minnatdorchilik bildirdi.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqat qildi.

Bayramov ushbu muloqat chog‘ida, Nigeriya qirg‘og‘idan uzoq nuqtada hujumga uchragan “Mozart” kemasida halok bo‘lgan ozarbayjonlik dengizchining jasadining Bokuga yuborilishi masalasi ustidan Chavusho‘g‘luga minnatdorchilik bildirdi.

Muloqatda shuningdek, mintaqadagi oxirgi vaziyatlar qo‘lga olindi.

Eslatib o‘tamiz:

Liberiya bayrog‘i ilingan va “Mozart” deb nomlangan kema 23 - yanvar kuni Nigeriyaning Lagos shahri qirg‘og‘idan qariyb 180 mil uzoqlikda dengiz qaroqchilari tomonidan hujumga uchradi.

Nigeriyaning Lagos shahridan Janubiy Afrikaning Keyptaun shahriga qarab yo‘l olgan kemadagi 19 kishilik ekipajdan ozarbayjonlik Ferman Ismailov o‘ldirilar ekan, 15 kishi og‘irlandi.

Turk Havo yo‘llari (THY) ning Istanbul - Boku safarinini yo‘lga qo‘ygan TK0332 raqamli uchoq orqali topshirilgan jasadni, “Haydar Aliyev” aeroportidan, Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi bilan Ozarbayjon Bosh prokurorligi rasmiylari va Ismoilovning oilasi kutib oldi.



Aloqador xabarlar