Toshkent va Turkiston shahri o‘rtasida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Qozog’iston bosh vaziri Askar Mamin prezident Qasim Jo’mart To’qayev raisligida o’tgan vazirlar kengashi yig’ilishida bu haqda ma’ruza qilgan.

1571497
Toshkent va Turkiston shahri o‘rtasida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

 

Toshkent va Qozog‘istonning Turkiston shahri o‘rtasida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. 

Qozog’iston bosh vaziri Askar Mamin prezident Qasim Jo’mart To’qayev raisligida o’tgan vazirlar kengashi yig’ilishida bu haqda ma’ruza qilgan.

Uning ta’kidlashicha, O’zbekistonning Toshkent shahri bilan Qozog’istonning Turkiston shahri o’rtasida tezyurar poyezd liniyasi insho etiladi. Shuningdek, Toshkent-Turkiston tezyurar temir yo‘lini qurish haqidagi memorandum ham imzolangan.

Qozog’istonda joriy yilda turizm sektorida jami qiymati 1.1 trillion tenge (2.6 mlrd AQSh dollari) bo’lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo’yicha faoliyatlar boshlangan. Ayniqsa, mamlakatda turizm poydevorini mustahkamlash bo’yicha muhim tashabbuslar yo’lga qo’yilgan. Jumladan, Toshkent viloyati va Turkiston viloyati o‘rtasida turistik sohani rivojlantirish haqida memorandum ham imzolangan. Uning doirasida yagona turistik yo‘nalishlar ishlab chiqiladi. Toshkent-Turkiston tezyurar temir yo‘lini qurish loyihasi ham shular jumlasidandir.

“Sayyohlar sonini oshirish maqsadida Turkiston-Chimkent-Toshkent yo’nalishida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi”,-deb aytgan Qozog’iston bosh vaziri Askar Mamin.



Aloqador xabarlar