Qirg‘izistonda hukumat iste'foga chiqdi

Qirg’iziston markaziy saylov komissiyasi 10 yanvarda bo’lib o’tgan prezident saylovlarida Sadir Japarov g’alaba qozonganligini rasman e’lon qilishi bilan Qirg‘iziston hukumati iste'foga chiqdi. Bu haqda Qirg’iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi

1568450
Qirg‘izistonda hukumat iste'foga chiqdi

 

Qirg’iziston markaziy saylov komissiyasi 10 yanvarda bo’lib o’tgan prezident saylovlarida Sadir Japarov g’alaba qozonganligini rasman e’lon qilishi bilan Qirg‘iziston hukumati iste'foga chiqdi.

Bu haqda Qirg’iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Talant Mamitov Japarovning vakolatlarini topshirish to‘g‘risidagi arizasini qabul qildi hamda hukumatning amaldagi tarkibi iste'foga chiqqani to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Yangi hukumat tuzilguniga qadar bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Artyom Novikov bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Qirg‘iziston qonunchiligiga muvofiq, vazirlar mahkamasi a'zolari yangi hukumat shakllanguniga qadar o‘z vazifasini bajarishda davom etadi.

Qirg’izistonning mustaqillik tarixida 6-prezident bo’lgan Sadir Japarov poytaxt Bishkekda qasamyod qiladi. Uning inauguratsiya marosimi 28 yanvarda bo‘lib o‘tadi.

Qirg‘iziston markaziy saylov komissiyasi 16 yanvar kungi bayonotida, Sadir Japarov 10 yanvarda bo’lib o’tgan prezident saylovida 79,20 foiz ovoz bilan g‘alaba qozonganligini e'lon qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Sadir Japarov , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar