Pokiston, Ozarbayjonning hududiy yaxlitiligini qo‘llab - quvvatlashni davom etadi

Amaliy tashrif bilan kecha Pokistonda bo‘lgan Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayxun Bayramov, poytaxt Islomoboddagi Prezidentlik binosida Alviy tomonidan qabul qilindi.

1564008
Pokiston, Ozarbayjonning hududiy yaxlitiligini qo‘llab - quvvatlashni davom etadi

Pokiston Prezidenti Orif Alviyning qayd etishicha Pokiston, Ozarbayjonning hududiy yaxlitiligini qo‘llab - quvvatlashni davom etadi.

Amaliy tashrif bilan kecha Pokistonda bo‘lgan Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayxun Bayramov, poytaxt Islomoboddagi Prezidentlik binosida Alviy tomonidan qabul qilindi.  

Alviy, Pokistonning Ozarbayjon bilan mushtarak ishonch, tarix va madaniyatga tayangan munosabatlariga alohida e’tibor berganliklarini ifoda etgan holda, ikkala mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmining orttirilishi va madaniy hamkorlikning keng tus olishi kerakligini ta’kidladi.

Islom Hamkorligi tashkiloti (IHT)ning Jammu va Kashmir aloqa guruhining bir a’zosi bo‘lgan Ozarbayjonning bu yerdagi rolini yuqori baholagan Alviy, Boku yetakchiligiga Kashmir masalasida bergan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Alviy, Tog‘li Qorabog‘ning ozod etilishi munosabati bilan Ozarbayjon hukumati va xalqini tabriklar ekan, Pokistonning Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini qo‘llab - quvvatlashini takrorladi.

Shuningdek Islomobodda Ozarbayjon, Pokiston va Turkiya o‘rtasida uyushtirilgan ikkinchi tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishining ushbu uch davlat o‘rtasidagi munosabatlarni orttirishga ijobiy hissa qo‘shishi va yangi hamkorlik sohalarini ochishini ifoda etdi.

Alviy shuningdek, Haydar Aliyev fondi tomonidan pokistonlik nogironlar uchun ajratib berilgan 100 dona aravacha uchun Bayramovga minatdorchilik bildirdi.

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Bayramov esa, ikkala mamlakatning savdo va madaniy hamkorlikni orttirish kuchiga ega ekanini qayd etdi.

Tog‘li Qorabog‘ masalasiga nisbatan Pokistonning munosabatiga chuqur minnatdorchilik bildirgan Bayramov, yurtining Kashmir masalasida barcha xalqaro platformalarda Islomobod yetakchiligi yonida bo‘lishni davom etishini qayd etdi.

Bayramov Alviy bilan bo‘lgan uchrashuv ortidan Tashqi Ishlar vaziri Shoh Mahmud Kurayshiy bilan ham uchrashdi.

Tashqi Ishlar vazirligi binosida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda ikkala mamlakat, energetika va iqtisodiy tarmoqdagi hamkorlikni orttirish masalasida kelishib oldi.

Shuningdek Pokiston bilan Ozarbayjon o‘rtasida tabiiy ofatlarga qarshi kurashda bir - biriga yordam berish masalasi ustidan shartnoma imzolandi.



Aloqador xabarlar