Erdo’g’an Rauf Denktashni vafotiga 9 yil to’lgani munosabati bilan yodga oldi

“Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga asos solgan va uning birinchi prezidenti, Kiprdagi turklarning mardonavor kurashchisi marhum Rauf Denktashni aslo unutmaymiz! Rauf Denktashni vafotiga 9 yil to’lgani munosabati bilan yodga olaman!",-dedi Erdo'g'an.

1563261
Erdo’g’an Rauf Denktashni vafotiga 9 yil to’lgani munosabati bilan yodga oldi
TBMM BAŞKANI MUSTAFA ŞENTOP1.jpg

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Shimoliy Kipr Turk Respublikasining birinchi prezidenti marhum Rauf Denktashni vafotiga 9 yil to’lganligi munosabati bilan yodga oldi.

Erdo’g’an Telegram orqali marhum xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

“Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga asos solgan va uning birinchi prezidenti, Kiprdagi turklarning mardonavor kurashchisi marhum Rauf Denktashni aslo unutmaymiz! Rauf Denktashni vafotiga 9 yil to’lganligi munosabati bilan cheksiz hurmat bilan yodga olaman!”,-deb yozgan Erdo’g’an Telegram’dagi sahifasida.

Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p ham internet tarmoqlari orqali Rauf Denktash xotirasiga atab iliq so’zlarni yozib qoldirdi.

“Kipr davosining milliy kurashchisi, marhum prezident Rauf Denktashni vafotiga 9 yil to’lganligi munosabati bilan yodga olaman! Ozodlik uchun kurashgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi abadiy yashaydi!”,-deb yozgan Mustafo Shento’p internet tarmoqlarida.



Aloqador xabarlar