Qozog‘istondagi parlament saylovida “Nur Otan” partiyasi g'alaba qozondi

Qozog’iston markaziy saylov komissiyasi 2021 yil 10 yanvarda bo’lib o’tgan Parlament saylovlarining rasmiy natijalarini e’lon qildi.

1562071
Qozog‘istondagi parlament saylovida “Nur Otan” partiyasi g'alaba qozondi

 

Qozog’istonda parlament saylovlarining rasmiy natijalari ma’lum bo’ldi.

Qozog’iston markaziy saylov komissiyasi 2021 yil 10 yanvarda bo’lib o’tgan Parlament saylovlarining rasmiy natijalarini e’lon qildi.

Bunga ko’ra, saylovda Qozog‘istonning hukmron partiyasi “Nur Otan” parlament saylovlarida ovozlarning 71.09 foizini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, “Oq yo‘l” demokratlar partiyasi 10.95 foiz, Qozog‘iston Xalq partiyasi esa 9.10 foiz ovoz bilan parlamentdan joy olishga muvaffaq bo’ldi. Qolgan partiyalar esa yetti foizli to‘siqdan ham o‘ta olmagan.

Ta’kidlash joizki, “Nur Otan” partiyasidan 76, “Oq yo‘l” demokratlar partiyasidan 12, Qozog‘iston Xalq partiyasi esa 10ta deputat parlamentda 5 yil muddatga foliyat olib boradi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davrida bo’lib o’tgan birinchi parlament saylovida 7 mln 241 ming 562 nafar saylovchi ovoz bergan.

Saylovlarda 5ta partiyadan jami 312ta nomzod bellashdi. Ulardan 90 nafarini ayollar tashkil qildi.



Aloqador xabarlar