Kremlda Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Tomonlar muzokarada Tog‘li Qorabog‘da iqtisodiy aloqalar va infratuzilmaviy loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha uch tomonlama guruhni tashkil etish haqidagi bayonotni imzolashdi.

1561627
Kremlda Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida Moskvada Kreml saroyida bo’lib o‘tgan uchrashuv 4 soatlik muzokaralardan keyin yakunlandi. Aliyev va Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi ixtilofdan keyin ilk bor yuzma-yuz uchrashdi. 

Tomonlar muzokarada Tog‘li Qorabog‘da iqtisodiy aloqalar va infratuzilmaviy loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha uch tomonlama guruhni tashkil etish haqidagi bayonotni imzolashdi.  Mazkur guruhga uchala davlatning bosh vazir o‘rinbosarlari raislik qiladi.

“Shu maqsad bilan Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon bosh vazir o’rinbosarlari yetakchiligida komissiya tuziladi. Mazkur guruh Tog‘li Qorabog‘ning transport infratuzilmasi va iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalar ustida ish olib borishadi”,-deb aytgan Vladimir Putin.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ham tomonlar o’rtasida imzolangan bayonotning ahamiyatiga to’xtalib, “Ozarbayjon 30 yil oradan so’ng, Armaniston orqali transport yo’li bilan Naxichevan muxtor respublikasiga bog‘lanadi. Afg‘oniston esa Ozarbayjon hududi orqali Rossiya va Eronga temir yo‘l chiqishiga ega bo‘ladi”,-dedi.

Ilhom Aliyevning ta'kidlashicha, transport aloqalarining ochilishi Ozarbayjon va Armaniston manfaatlariga to‘g‘ri keladi.

“Ozarbayjon sifatida Naxichevan muxtor respublikasi orqali Turkiya bozoriga erishamiz. Ayni vaqtda, Turkiya-Rossiya o’rtasidagi temir yo’li aloqasi ham yo’lga qo’yiladi”,-deb qo’shimcha qilgan Ilhom Aliyev.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon , #Rossiya

Aloqador xabarlar