Qozog‘istondagi parlament saylovida “Nur otan” partiyasi yetakchilik qilmoqda

Qozog‘istondagi parlament saylovida hukmronlikdagi “Nur otan” partiyasi yetakchilik qilmoqda.

1561051
Qozog‘istondagi parlament saylovida “Nur otan” partiyasi yetakchilik qilmoqda

Parlament saylovi uyushtirilgan Qozog‘istonda hukmronlikdagi “Nur otan” partiyasi oldinda.

Demokratiya instituti tomonidan mamlakatning 263 shahri va 237 qishlog‘i jami 500 saylov uchastkasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, hukmronlikdagi “Nur otan” partiyasi 72.1 foizlik ovoz bilan oldinda o‘rin olar ekan “Ak jol” demokratik partiyasi 10.27 foizlik ovoz bilan ikkinchi va “Qozog‘iston Xalq partiyasi” esa 9.54 foizlik ovoz bilan uchinchi bo‘ldi.    

Saylovda 20 ming saylovchi ishtirok etdi.

Qozog‘istonning “Jamoatchilik fikri” instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra esa “Nur otan” partiyasi 71.97 foizlik ovoz bilan birinchi bo‘ldi. “Ak jol” demokratik partiyasi 10.18 foizlik ovoz bilan ikkinchi va “Qozog‘iston Xalq partiyasi” 9.03 foizlik ovoz bilan uchinchi o‘rinda.

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, so‘rov natijalari ortidan poytaxtdagi “Nur otan” partiyasining saylov uchastkasiga tashrif qildi.

Nazarboyev, 2019 - yilning 19 - marti kuni prezidentlik vazifasidan ketishiga qaramay hukmronlikdagi “Nur otan” partiyasining raisligi vazifasini davom ettirmoqda.

Qozog‘istonning Markaziy Saylov komissiyasi saylovda, mahalliy vaqt bilan soat 22:00 dan e’tiboran ishtirokchilar sonining 63.3 foizni tashkil etganini ma’lum qilgandi.



Aloqador xabarlar