Qozog‘istonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Parlament saylovlarida respublikada ro‘yxatga olingan 6ta partiyadan 5tasi ishtirok etmoqda. Deputatlikka nomzodlar orasida 312 kishi o’rin olgan bo‘lib, ular orasida Majlisning 34 nafar amaldagi deputati ham bor.

1560841
Qozog‘istonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

 

Qozog‘istonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda.  

Mamlakatda ro’yxatga olingan 12 mln saylovchi 5 yillik muddatga deputat saylash uchun ovoz bermoqda.

Parlament saylovlarida respublikada ro‘yxatga olingan 6ta partiyadan 5tasi ishtirok etmoqda.

Qozog‘iston xalq partiyasi (113), hukmron “Nur Otan” partiyasi (126), “Auil” xalq-demokratik vatanparvarlik partiyasi (19), “Ak jol” demokratik partiyasi (38) va yaqingacha “Birlik" deb nomlangan “Adal” partiyasi (16) shular jumlasidandir.

Deputatlikka nomzodlar orasida 312 kishi o’rin olgan bo‘lib, ular orasida Majlisning 34 nafar amaldagi deputati ham bor. 

Mamlakat miqyosida ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 20:00da yakunlanadi. Qozog’istonda parlamentning quyi palatasi Majlis 107 deputatdan tashkil topgan.


Tanlangan kalimalar: #parlament saylovi , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar