Qirg’izistonda prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Prezident lavozimi uchun 17 nomzod, jumladan mamlakat boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan Sadir Japarov da'vogarlik qilmoqda.

1560837
Qirg’izistonda prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

 

Bugun Qirg’izistonda prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Taxminan 6 mln 500 ming aholi mavjud bo’lgan mamlakatda 3 mln 563 ming 574ta saylovchi ro’yxatga olingan. Shu munosabat bilan respublikada 2476ta saylov uchastkasi ish olib bormoqda.

Prezident saylovi uchun 17 nomzod kurash olib bormoqda. Jumladan, sobiq bosh vazir Sadir Japarov, “Yagona Qirg‘iziston” partiyasi yetakchisi Adaxan Madumarov, “Qirg‘iziston” partiyasi rahbari Kanat Isayev, Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq raisi Abdil Segizbayev va Konstitutsion sudi sobiq a’zosi Klara Sooronkulovalar kuchli raqobat olib borishi mumkin.   

Prezident saylovlari bilan bir vaqtda mamlakatdagi boshqaruv shakli bo‘yicha referendum ham o‘tkazilmoqda. Saylovchilar mamlakatda parlament boshqaruvi shaklini saqlab qolish, prezident shakliga o‘tish yoki barcha variantlarga qarshi ovoz berishlari mumkin.

Prezident saylovlarining 1-bosqichida 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plagan nomzod g‘alaba qozonishi mumkin. Aks holda saylovlarning 2-bosqichi belgilanadi.  

2020 yil 4 oktyabrda Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tgandi. Saylovlarning ertasi kuniyoq mag‘lub bo‘lgan partiyalar tarafdorlarining saylovlar natijalariga qarshi norozilik namoyishlari boshlangandi. Keyinroq saylovlar natijalari bekor qilingandi. Ushbu voqealar oqibatida prezident Sooronbay Jeenbekov o‘z vazifasidan iste'fo etishga majbur bo’lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Sadir Japarov , #saylov , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar