Aziz Sanjar, Armaniston uyushtirgan hujumda ota-onasidan ayrilgan Xatijaga yordam berdi

Taniqli olim Aziz Sanjar Armanistonning ballistik raketalar orqali Ganjada uyushtirgan hujumida ota – onasidan ayrilgan Xatijaning ta’lim olishi uchun moddiy jihatdan yordam berdi.

1532616
Aziz Sanjar, Armaniston uyushtirgan hujumda ota-onasidan ayrilgan Xatijaga yordam berdi

Nobel mukofati sovrindori, taniqli olim Aziz Sanjar Armanistonning ballistik raketalar orqali Ganjada uyushtirgan hujumida ota – onasidan ayrilgan Xatija Shohnazarovaning ta’lim olishi uchun moddiy jihatdan yordam berdi.  

Ozarbayjon Milliy axborot agentligida o‘rin olgan ma’lumotga ko‘ra Aziz Sanjar, Ozarbayjonning Ganja shahrida Armaniston tomonidan otilgan raketalar haqidagi xabarlardan ta’sirlangan va urushdan ziyon ko‘rgan bolalar uchun turli fondlarning tashkil etilishining foydali bo‘lishini taklif qilgan.

Unda Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) da yashovchi turkiyalik olim Aziz Sanjarning, Armaniston tomonidan 17 – oktabr kuni Ganjaga qarshi uyushtirgan hujumda ota – onasidan ayrilgan 3 yashar Xatijaning ta’limi olishi uchun ochilgan xayriya fondi hisobga pul o‘tkazgani ham ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz:

Tog‘li Qorabog‘da to‘qnashuvlar davom etar ekan Armaniston Ganjaga qarshi 2 marotaba raketalar orqali hujum uyushtirdi va unda tinch aholidan 26 kishi halok bo‘ldi.

17 – oktabrdagi hujumda Xatija vayrona ostidan olib chiqilar ekan uning ota – onasi va 1.5 yashar singlisi esa halok bo‘ldi.



Aloqador xabarlar