Armaniston yarim kechasi raketalar orqali Ozarbayjon tinch aholisini nishonga oldi

Ganja va Mingechevir shaharlarida yarim kechasi raketalar orqali hujum uyushtirildi.

1510762
Armaniston yarim kechasi raketalar orqali Ozarbayjon tinch aholisini nishonga oldi

Armaniston qo‘shini Ozarbayjonning Ganja va Mingechevir shaharlariga qarshi raketalar orqali hujum uyushtirdi.

Ganja va Mingechevir shaharlarida yarim kechasi raketalar orqali hujum uyushtirildi.

Tinch aholi bor mintaqalarga otilgan raketalardan biri ko‘p qavatli binoga kelib tushar ekan oqibatida ilk aniqlashlarga ko‘ra tinch aholidan 13 kishi vafot etdi, 45 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.

Yiqilgan bino atrofida qidiruv va qutqaruv faoliyatlari davom etmoqda.  

Ozarbayjon Prezidenti o‘rinbosari Xikmat Hajiyev, Twitter hisobi orqali bergan bayonotida, Scud rusumidagi “Elbrus” balistik raketalari orqali tinch aholini nishonga olgan Yerevan yetakchiligining ahloqsiz va shizofrenik zehnini yaqqol ko‘rsatgani qayd etildi.

Ganjada uyushtirilgan hujumda 20 dan ortiq uyning vayron bo‘lganini ifoda etgan Hajiyev, hujumni “Armaniston davlatining terror siyosati namoyishi” deb baholadi.

Xikmat Hajiyev, tinch aholiga qarshi uyushtirilgan hujumning urush maydonidagi mag‘lubiyatlari yuzasidan Armaniston yetakchiligining ojizligining ko‘rsatkichi ekaniga ham e’tibor qaratdi.

Shu bilan birga Armaniston qo‘shini tomonidan Mingechevir shahriga qarshi otgan raketalarning Ozarbayjon havo mudofaa kuchlari tomonidan yo‘q qilingani bildirildi.



Aloqador xabarlar