Turkiya har doim qrim tatar turklarining yonida

Kecha ertalab Qrimda rus xavfsizlik kuchlari bir guruh qrim tatar oilasiga bosqin uyushtirib, oqibatida 4 kishini nazorat ostiga oldi.

1482400
Turkiya har doim qrim tatar turklarining yonida

Turkiya har doim qrim tatar turklarining yonida ekanligini bildirdi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda:

“Qrimda (kecha ertalab) qrim tatar turklarining uylariga bosib kirilishi va ularning nazorat ostiga olinishini katta xavotirchilik bilan kuzatmoqdamiz” degan ifodalarga o‘rin berildi.  

Vaziyatning, Qrimning 2014 – yili noqonuniy yo‘llar orqali anneksiya qilinishi ortidan qrim tatarlariga qarshi yo‘lga qo‘yilgan “sistematik bosim va qo‘rqitish siyosatining oxirgi o‘rnagi” ekanligi qayd etilgan bayonotda,

“Turkiya haq va manfaatlarini tinch yo‘l orqali himoya qilgan va demokratik usullar bilan dardini yetkazishga uringan qavmdosh qrim tatarlarining yonida bo‘lishni har doim davom ettiradi.” degan ifodalarga o‘rin berildi.   

Eslatib o‘tamiz:

Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda anneksiya qilingan Qrimda rus xavfsizlik kuchlari kecha ertalab bir guruh qrim tatar oilasiga bosqin uyushtirib, oqibatida 4 kishini nazorat ostiga olgandi.

 



Aloqador xabarlar