Almazbek Atamboyev 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Bishkekning Birinchi may tuman sudi sudyasi Emilbek Kayipov tomonidan o'qib eshittirilgan sud hukmida qayd etilishicha, Atanboyevning davlat mukofotlari va mol-mulki davlatga musodara qilinadi.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev jinoyatchi Aziz Batukayevni pora evaziga qamoqdan chiqarganlikda ayblanib, 11 yil-u 2 oyga qamoq jazosiga hukm qilindi.
Sud hukmi Bishkekning Birinchi may tuman sudi sudyasi Emilbek Kayipov tomonidan o’qib eshittirildi.
“Sud Atamboyevni aybdor deb topdi va 11 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish to’g’risida jazo berilishini qarorlashtirdi. Atanboyevning davlat mukofotlari va mol-mulki davlatga musodara qilinadi”,- deya ayblovni o‘qib eshittirgan Emilbek Kayipov.
Qirg’izistondagi qamoqxonalarda “kriminal kuch”ga ega bo’lgan va 16 yil qamoq jazosining 8 yilini o’tagan chechen millatiga mansub Aziz Batukayev 2013 yil ozodlikka chiqarilgandi.
Uning Chechenistonga maxsus samolyotda yuborilganligi e’tirozlarga sabab bo’lgandi.
Atamboyev 2011 yil dekabridan 2017 yil noyabrigacha mamlakatni boshqargandi. U o‘tgan yilning 8 avgustida Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlarining maxsus operatsiyasi natijasida qo‘lga olingandi.
Aloqador xabarlar
Murat Nurtleu Olmaotada Jayhun Bayramov va Ararat Mirzoyan bilan uchrashdi
Murat Nurtleu Olmaotada Jayhun Bayramov va Ararat Mirzoyan bilan alohida - alohida uchrashdi.