Ozarbayjonda koronavirusdan vafot etganlar soni 18 nafarga yetdi

Ozarbayjonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 1373 kishini tashkil qilmoqda.

1401060
Ozarbayjonda koronavirusdan vafot etganlar soni 18 nafarga yetdi

 

Ozarbayjonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 1373 kishiga yetdi.

Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni 18 nafarni tashkil qilmoqda.

Ozarbayjonda koronavirus tufayli 24-martdan buyon maxsus karantin rejimi joriy etilgandi, uning muddati 4 mayga qadar uzaytirildi.

65 yoshdan oshgan keksalarga uydan chiqish taqiqlangan, dam olish maskanlari, restoran va kafelar, oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalardan boshqa barcha savdo obyektlari, barcha turdagi ta’lim muassasalari o’z faoliyatini to’xtatgan.

5-apreldan boshlab Ozarbayjonda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida chegaralar yopilib, aholining mamlakat ichida harakatlanishi cheklangan.

5-apreldan 20-aprelga qadar Ozarbayjon chegaralari yer va havo transportlari uchun yopildi. Faqatgina yuk tashuvlar bundan mustasno.

Uydan chiqishga ruxsat olish uchun mamlakat aholisi tegishli raqamga SMS xabar jo‘natishi lozim.

Insonlarning oziq-ovqat, dorixona, bank yoki pochtaga borishi uchun kuniga bir marta ikki soatga ruxsat beriladi. Shifokor ko‘rigiga borish uchun ham ikki soat ajratilgan.

Ozarbayjonda karantin qoidalarini buzganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

 


Tanlangan kalimalar: #karantin , #koronavirus , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar