Qozog‘iston jahon iqtisodiyotidagi so‘nggi o‘zgarishlarga qarshi chora ko‘ra boshladi

Qozog‘istonda jahon iqtisodiyotidagi so‘nggi o‘zgarishlar shu jumladan neft narxlarining pasayishi tufayli valyuta xaridlarini cheklash to‘g‘risida chora ko‘rilmoqda.

1375538

Shu doirada Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin Hukumat majlisida “Samruk – Kazina” davlat jamg‘armasi, xoldinglar va bir qator vazirliklarga ko‘rsatma berdi. Unga ko‘ra milliy kompaniyalarning valyuta bozoridagi faoliyatini Milliy bank bilan muvofiqlashtirishi talab qilindi.

Mazkur talabni bajarish majburiyati yo‘q chet el valyutasi xaridorlari savdosini to‘xtatish haqida ham buyruq bergan Bosh vazir,

“Shoshilinch bo‘lmagan investitsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yishni kechiktirish bilan birga byudjet xarajatlari qayta ko‘rib chiqilishi kerak” dedi.

Asqar Mamin shuningdek, barcha ijtimoiy majburiyatlarning o‘z vaqtida to‘lanishi va ish bilan ta‘minlash bo‘yicha yo‘l xaritasi tuzilishi kerakligini ta‘kidladi.

Neft narxlarining pasayishi tufayli kecha qozoq milliy pul birligi o‘z qadrini yo‘qotar ekan Qozog‘iston, inqirozga qarshi reja tuzish haqida qaror qabul qilgandi.  

Aloqador xabarlar