Har yili Ahmad Yassaviy maqbarasini ko’rmoqchi bo’lganlar soni ortib bormoqda

Turkiston viloyati hokimi o’rinbosari Meyirjan Mirzaliyev uyushtirgan matbuot anjumanida mintaqaning siyosiy, iqtisodiy va turizm tarmog’idagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot berdi.

1344552
Har yili Ahmad Yassaviy maqbarasini ko’rmoqchi bo’lganlar soni ortib bormoqda

Qozog’istondagi Xo’ja Ahmad Yassaviy maqbarasini ko’rish uchun o’tgan yili mamlakatning Turkiston viloyatiga 1 million 500 ming sayyoh tashrif buyurgan.

Turkiston viloyati hokimi o’rinbosari Meyirjan Mirzaliyev uyushtirgan matbuot anjumanida mintaqaning siyosiy, iqtisodiy va turizm tarmog’idagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot berdi.

Viloyatda 168 ta mehmonxona, 51 ta kurort va 60 ta dam olish markazining xizmat ko’rsatayotganini eslatib o’tgan Mirzaliyev, 57 turistik yo'nalish tashkil etilganini qayd etdi.  

Mirzaliyev, Turkistondagi mehmonxonalarning xalqaro standartlarga muvofiq qayta tiklash ishlari olib borilganiga e’tibor qaratgan holda, “An’anaviy hunarmandchilik markazi binosi, xalqaro aeroport, teatr, Xo’ja Ahmad Yassaviy muzeyi va boshqa binolar ham qurilmoqda” dedi.

Sayyohlarning Turkistonga bo’lgan qiziqishining har yili ortib borayotganini eslatib o’tgan Mirzaliyev, “O’tgan yili mamlakatning Turkiston viloyatiga 1 million 500 ming sayyoh tashrif buyurgan. Bu raqamni 2025-yili 5 millionga chiqarish rejalashtirilmoqda” deya gapirdi.

Mirzaliyev sayyohlarning Turkistonga bo’lgan qiziqishining, shaharning yuksak salohiyatining ko’rsatkichi ekanligiga e’tibor qaratdi.



Aloqador xabarlar