Qozog’istonda 28-dekabr 2019-yil Milliy Motam kuni deb e’lon qilindi
Olmata-Nur Sulton qatnovidagi Bek Air havo yo’llariga oid Fokker 100 rusumidagi uchoq turar-joy binolari o’rin olgan hududga quladi.
Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Qosim Jo’mart To’qayev 28-dekabr 2019-yilni Milliy Motam kuni deb e’lon qildi.
Prezidentlik apparatinig Matbuot xizmati kotibi Berik Uali ijtimoiy tarmoq Facebook orqali bergan bayonotida,
“Prezident Qosim Jo’mart To’qayev 28-dekabr 2019-yilni Olmota yaqinlarida yuz bergan va o’limlarga yo’l ochgan falokat tufayli Milliy Motam kuni deb e’lon qildi” deb yozdi.
Aytib o’tish joizki Qozog’istonda yo’lovchi uchoqlaridan biri ko’tarilish chog’ida yerga qular ekan oqibatida 12 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 53 kishi tan jarohati oldi.
Qozog'iston favqulodda vaziyatlar qo'mitasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Olmata-Nur Sulton qatnovidagi Bek Air havo yo’llariga oid Fokker 100 rusumidagi uchoq turar-joy binolari o’rin olgan hududga qulagan.
Olmota shahar hokimi uchoqda 93 kishining borligini ma’lum qildi. Ulardan 8 nafari yosh bola, 5 nafari ekipaj a’zolari bo’lgan.
Voqea chog’ida 12 yo’lovchi jon berar ekan, 53 yo’lovchi tan jarohati olgan.
Voqea yuz bergan nuqtada qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Qozog'iston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi voqea sababi aniqlangunga qadar Bek Air firmasi faoliyatlarining vaqtinchalik to’xtatilganligini ma’lum qildi.
Fuqarolik aviatsiya qo’mitasi bayonotida ham falokat sababi aniqlangunga qadar mamlakatda Fokker 100 rusumidagi uchoqlarning qatnovining to’xtatilganligi qayd etildi.
Aloqador xabarlar
Mirziyoyev bilan Putin O‘zbekiston - Rossiya munosabatlarini ko‘rib chiqdi
Shavkat Mirziyoyev bilan Vladimir Putin, telefon orqali muloqot qildi.
Aliyev bilan Raisiy Qiz qal’asi va Xudofarin toʻgʻonlarini ochib berdi
Aliyev bilan Raisiy, Ozarbayjon - Eron chegarasida uchrashdi.