Qozog'istonda 7 oyda 52.23 million tonna neft ishlab chiqarilganligi ma’lum bo’ldi

Qozog'istonning Energetika vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra Bozumbayev, Prezident Qasim Jomart Toqayev tomonidan qabul qilinar ekan unda mamlakatning energetika tarmog’idagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot bergan.

1252556
Qozog'istonda 7 oyda 52.23 million tonna neft ishlab chiqarilganligi ma’lum bo’ldi

Qozog'istonning Energetika vaziri Kanat Bozumbayev, 2019-yilning yanvar oyidan boshlab iyul oyigacha mamlakatda 52.23 million tonna neft ishlab chiqarilganligini qayd etdi.

Mavzu haqida Qozog'istonning Energetika vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra Bozumbayev, Prezident Qasim Jomart Toqayev tomonidan qabul qilinar ekan unda mamlakatning energetika tarmog’idagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot bergan.

Bozumbayev, 2019-yilning yanvar oyidan boshlab iyul oyigacha mamlakatda 52.23 million tonna neft ishlab chiqarilganligini va buning o’tgan yilga nisbatan 1.2 foiz ortganligining ko’rsatkichi ekanligini yetkazgan.

Bu orqali bir yilda 89 million tonna neft ishlab chiqarishni rejalashtirayotganliklari eslatib o’tgan Bozumbayev, mamlakatda neft ishlab chiqarish faoliyatlarining ortganligini ham o’z so’ziga ilova etgan.

Bozumbayevning ifoda etishicha, huddi shu davrda mamlakatda 33.1 milliard kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarilgan.

Neft ishlab chiqarish bo’yicha loyiha va investitsiyalarning ortganligiga e’tibor qaratgan Bozumbayev, 2023-yildan e’tiboran bir yilda yana 12 million tonna ortiqcha nef ishlab chiqarilishini qayd etdi.  



Aloqador xabarlar