Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi harbiy qismda portlash ro'y berdi

Turkiston viloyatida favqulodda vaziyat e'lon qilingan.

1224187
Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi harbiy qismda portlash ro'y berdi

 

Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududida joylashgan Aris shahridagi o'q-dori omborida portlashlar ro‘y berdi va ortidan yong‘in kelib chiqdi.

Hodisaga bir necha snaryadlarning portlab ketishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Portlashda 16 kishi jarohatlangan. Ularga shoshilinch tez yodam ko’rsatilgach, yaqin oradagi shifoxonalarga olib ketilgan.

Portlashdan so’ng yuzaga kelgan yong’inni o’chirish uchun ko’plab o’t o’chirish xizmati xodimlari safarbar etilgan.

Qozog’iston prezidenti Qosim Jo’mart To’qayev mudofaa vaziri va ichki ishlar vaziriga portlashdan so’ng yuzaga kelgan zararni darhol bartaraf etish va kerakli zarur chora-tadbirlarni olish maqsadida ko’rsatma bergan.

“Xalqning xavfsizligi ta’minlansin va portlash sabablari darhol tekshirilsin”,-deb aytgan Qozog’iston prezidenti.

Turkiston viloyatida favqulodda vaziyat e'lon qilingan.

43 ming aholi istiqomat qilgan Aris shahrida aholini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

Mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev voqea joyiga yetib kelgan.

Mudofaa vazirining o’rinbosari Baqit Kurmanbayev hodisa yuzasidan tuzilgan maxsus komissiya voqea joyiga jo’nab ketganligini, qurolli kuchlar bo’linmalari voqea joyida xavfsizlikni ta’minlash ishlarini olib borganligini ma’lum qilgan.

“Atrofdagi barcha aholi punktlarini va shaharni to‘liq evakuatsiya qilishga zarurat yuzaga kelgan. Mahalliy aholini belgilangan evakuatsiya punktlariga kelishlarini iltimos qilamiz”,-deb aytgan Baqit Kurmanbayev.

 



Aloqador xabarlar