Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar O‘zbekistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston milliy universiteti rahbariyatining rasmiy taklifiga binoan AQShdagi Shimoliy Karolina universiteti Biokimyo va biofizika professori, 2015-yil Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar 2018-yilning 15—22-oktabr kunlari O‘zbekiston tashrif buyuradi

1066244
Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar O‘zbekistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston milliy universiteti rahbariyatining rasmiy taklifiga binoan AQShdagi Shimoliy Karolina universiteti Biokimyo va biofizika professori, 2015-yil Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar 2018-yilning 15—22-oktabr kunlari O‘zbekiston tashrif buyuradi. Bu haqda milliy universitet matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Aziz Sanjarning tashrifidan maqsad molekulyar biologiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar bilan tajriba almashish hamda respublikaning yosh olimlarini innovatsion ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan keng shug‘ullanishga yo‘naltirishdan iborat.

Tashrifning dastlabki kunidanoq professor Aziz Sanjar bir qator tadbirlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan: O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Axmet Bashar Shen, O‘zMU rektori Avazjon Maraximov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimovlar uchrashuv hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) Toshkent vakolatxonasini ziyorat qilish rejalashtirilgan.

Tashrifning ikkinchi kuni mamlakatda ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlarga bag‘ishlanadi. Jumladan, O‘zMUda “Aziz Sanjar: sarhadsiz bilim ichra kechgan hayot” deb nomlangan xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda respublika hamda xorijiy davlatlardan yetakchi olimlar, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, vazirliklar va elchixonalar vakillari ishtirok etadi. Konferensiya doirasida professor Aziz Sanjar O‘zMU Faxriy doktori unvoni taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur konferensiya buyuk olimning hayoti va ijodiga bag‘ishlanadi. Aziz Sanjar O‘zbekiston ilm ahli oldida chiqish qilishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif davomida professor Aziz Sanjar bakalavriat, magistratura, doktoranturada tahsil oluvchilari va tadqiqotchilarga “DNKning tiklanishi, saraton va kimyoviy davolash” mavzusida onlayn ma’ruza o‘tadi. Mazkur ma’ruza respublikaning barcha OTMlari videokonferensiya studiyalarida translyatsiya qilinadi.

Shuningdek, professor Aziz Sanjarning “Fan va milliy taraqqiyot” mavzusida O‘zbekiston yosh olimlariga murojaati rejalashtirilgan. So‘ngra, olim O‘zMUning Tarmoqlararo molekulyar biologiya laboratoriyasining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Shu yilning 18—21-oktabr kunlari professor Aziz Sanjar Urganch, Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlarining tarixiy me’moriy obidalarini ziyorat qilish uchun tashrif buyuradi.


Tanlangan kalimalar: #Aziz Sanjar , #O'zbekiston , #Tashrif

Aloqador xabarlar