Turkistondagi yozgi ta’lim lageri o’z nihoyasiga yetdi

Turkistondagi Turk Dunyosi talabalariga bag’ishlangan yozgi ta’lim lageri o’z nihoyasiga yetdi.

1014604
Turkistondagi yozgi ta’lim lageri o’z nihoyasiga yetdi

Qozog’istonning Turkiston shahrida Turk Respublikalari nomidan 388 talabaning ishtirokida o’tkazilgan navbatdagi Turk Dunyosi talabalariga bag’ishlangan yozgi ta’lim lageri o’z nihoyasiga yetdi.

Xoja Ahmad Yassaviy Xalqaro Turk-Qozoq universitetining mezbonligida joriy yilning 18-iyunidan 15-iyuligacha davom etgan yozgi ta’lim lagerida Turkiyadan 50, dunyoning turli universitetlari nomidan 208, Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjon va O’zbekistondan 180 jami 388 talaba ishtirok etdi.

Bir oy davom etgan yozgi ta’lim lagerida O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’izistondan qatnashgan talabalar Turkistonda, turk tili kurslarida ishtirok etdi.

Turkistonga Turkiyadan borgan talabalar esa qozoq va rus tillarini o’rgandi. Undan tashqari ular uchun Qozog’iston, O’zbekiston va Qirg’izistonga sayohat ham uyushtirildi.  

Talabalar yozgi ta’lim lageri doirasida musiqa, sport, seminar, konferentsiya va boshqa madaniy tadbirlarda ham ishtirok etdi.

Aytib o’tish joizki Turk Dunyosi talabalariga bag’ishlangan yozgi ta’lim lageri o’z faoliyatini yuqorida nomi to’liq tilga olingan Ahmad Yassaviy universitetida 2015-yildan e’tiboran har yili, an’anaviy ravishda uyushtirilib kelinmoqda.



Aloqador xabarlar