O’zbekistonda elektron viza berish tartibi joriy etildi

Endilikda xorijlik fuqarolarning O'zbekistonga kirish vizasini olish uchun diplomatik vakillik yoki O'zbekistonning chet ellardagi konsullik idorasiga rasmiy murojaat qilishi shart emas.

1013486
O’zbekistonda elektron viza berish tartibi joriy etildi

 

O’zbekistonda turizmni rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlar doirasida 101 davlat fuqarosiga 5 kunlik elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va berish ishlari boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O'zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, 101 davlat fuqarolari 5 kungacha sayohatlarda vizadan ozod etiladi va mamlakatga 5 kundan ko’p muddatga sayohat qiladigan xorijliklar internet orqali elektron viza uchun murojaat qilishi mumkin.

Endilikda xorijlik fuqarolarning O'zbekistonga kirish vizasini olish uchun diplomatik vakillik yoki O'zbekistonning chet ellardagi konsullik idorasiga rasmiy murojaat qilishi shart emas.

Hujjatga ko'ra, viza 30 kun muddatga O'zbekiston hududida bo'lish huquqini beradi va undan taqdim etilgan kundan boshlab 90 kun muddatgacha foydalanish mumkin. 

Elektron vizani rasmiylashtirish va berish uchun murojaatlar 2 kun ichida ko'rib chiqiladi. Berilgan elektron viza xorij fuqarosining “e-visa.gov.uz” portaliga qilgan murojaatida ko'rsatilgan elektron manzilga jo'natiladi.

Murojaatlarni ko'rib chiqish uchun 20 AQSh dollari miqdorida boj to'lanadi.

To'lov elektron ko'rinishda xalqaro to'lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.

Elektron viza berishda rad javobi berilgan taqdirda, konsullikka to’langan 20 AQSh dollari qaytarib berilmaydi.

Elektron viza o'tish xujjatiga (pasport) yopishtirilmaydi. Chegara orqali o'tish punktida chet el fuqarosi elektron vizani qog'oz yoki elektron ko'rinishda taqdim etadi.

Eslatma: O’zbekiston hukumati mart oyida Turkiya bilan bir qatorda, jami 7 davlat fuqarolariga 30 kunga vizasiz rejim o'rnatgan edi, 39 tasiga esa soddalashtirilgan viza rejimi  joriy qilingan edi. 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #e-visa.gov.uz , #elektron viza

Aloqador xabarlar