Ostonada “Ko’chmanchi yo’li” festivali boshladi

Qozog’iston poytaxti Ostonada “Ko’chmanchi yo’li” deb nomlangan, ko’chmanchi madaniyatining navbatdagi xalqaro musiqa festivali o’z ishini boshladi.

998024
Ostonada “Ko’chmanchi yo’li” festivali boshladi

Qozog’iston poytaxti Ostonada “Ko’chmanchi yo’li” deb nomlangan, ko’chmanchi madaniyatining navbatdagi xalqaro musiqa festivali o’z ishini boshladi.

Qozog’iston Madaniyat va sport vazirligi va Tangri ruhi (The Spirit of Tengri) loyihasi tomonidan Esil daryosi bo’yidagi amfiteatrda uyushtirilgan festivalning ochilish marosimida Turkiya, Qirg’iziston, O’zbekiston, Rossiya, Vengriya, Estoniya va boshqa mamlakatlardan roppa-rosa 19 ta musiqiy guruh ishtirok etdi.

Festivalning birinchi kunida Boshqirdiston, Qirg’iziston, O’zbekiston va Buryatiyadan tashrif buyurgan san’atkorlar o’z ona tilidan tashqari qozoq tilida qo’shiq aytdilar.

Festivalda Turkiya nomidan Baba Zula guruhi bugun konsert beradi.

Festival 24-iyun kuni o’z nihoyasiga yetadi.

 

 



Aloqador xabarlar