Bilol Erdog'an Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Haydar Ali Yildiz va Bilol Erdog’an yetakchiligidagi delegatsiya Samarqanddagi “Hazrati Hizr” majmuasida O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

978080
Bilol Erdog'an Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

“Turkiya-O’zbekiston” parlamentlararo do’stlik guruhi raisi, Turkiya Buyuk Millat Majlisi a’zosi Haydar Ali Yildiz, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi a’zosi Bilol Erdog’an yetakchiligidagi delegatsiya Samarqanddagi “Hazrati Hizr” majmuasida O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Shu fursatdan foydalanib Karimov haqqiga Qur’on tilovat qilgan Haydar Ali Yildiz va Bilol Erdog’an rahbarligidagi hay’at shu bilan birga majmuada Islom Karimov qabriga gul qo’ydi.

Aytib o’tish joizki yuqorida nomi tilga olingan hay’at Istanbulning fath qilinishining 565-yilligini nishonlash doirasida tashkil etilgan “Kamondan o’q otish bo’yicha VI xalqaro Fotih kubogi musobaqasi”ning taqdimoti uchun kechadan beri O’zbekistonda.



Aloqador xabarlar