Tojikiston fuqarolari 17 yil ortidan O’zbekistonga vizasiz kirish huquqiga ega bo’ldi

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonda Prezident Imomali Rahmon bilan “O’zbekiston va Tojikiston fuqarolarining o’zaro qatnovi” to’g’risidagi bitimni tasdiqladi.

930168
Tojikiston fuqarolari 17 yil ortidan O’zbekistonga vizasiz kirish huquqiga ega bo’ldi

Tojikiston fuqarolari 17 yil ortidan O’zbekistonga vizasiz kirish huquqiga ega bo’ldi.

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmatidan berilgan bayonotga ko’ra Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Tojikistonga bo’lgan amaliy tashrifi chog’ida Prezident Imomali Rahmon bilan “O’zbekiston va Tojikiston fuqarolarining o’zaro qatnovi” to’g’risidagi bitimni tasdiqladi.

Mazkur bitimga ko’ra Tojikiston fuqarolari 16-martdan e’tiboran O’zbekiston Respublikasi hududida 30 kungacha vizasiz bo’lish huquqiga ega.

Mirziyoyev tomonidan qo’l qo’yilgan qarorda,

“Yorqin bahor bayrami Navro’z arafasida ikki mamlakat aholisiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Tojikiston Respublikasi fuqarolariga ushbu Bitimni rasman kuchga kirishiga qadar vaqtinchalik qo’llash to’g’risida qaror qabul qilindi” deyildi. Bayonotda shuningdek, Bitimning rasman kuchga kirish sanasi va O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining Tojikiston Respublikasida bo’lishiga nisbatan qo’llanishi to’g’risidagi ma’lumot qo’shimcha tarzda e’lon qilinishi qayd etildi.

Aytib o’tish joizki ikkala mamlakat o’rtasida suv va energetika resurslaridan foydalanish shuningdek, mubohasali chegara nuqtalari yuzasidan kelib chiqqan tushunmovchiliklar 20 yildan beri davom etar ekan tomonlar o’rtasida 2001-yili o’zaro viza rejimi yo’lga qo’yilgan edi. Ortidan 1300 kilometrlik o’rtoq ba’zi bojxona darvozalari bekitilgan.

 

 

 



Aloqador xabarlar