Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi bo’lib o’tdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga asosan Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev yetakchiligida bo’lib o’tgan yig’ilish ortidan Nazarboyev jurnalistlarga bayonot berdi.

930745
Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi bo’lib o’tdi

Qozog’iston poytaxti Ostonada uyushtirilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvida mintaqa davlatlari o’rtasidagi savdo hajmining 5 milliard AQSh dollariga chiqarilish masalasi qo’lga olindi.  

Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev yetakchiligida Prezidentlik saroyida uyushtirilgan yig’ilishda Qirgi’zisiton Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Majlisi rahbari Akja Nurdiberdiyeva ishtirok etdi.

Prezident Mirziyoyev tashabbusiga asosan bo’lib o’tgan yig’ilishning kun tartibida Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi savdo, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya va boshqa tarmoqlarda hamkorlik qilish masalalari qo’lga olindi.

Qabul qilingan qo’shma deklaratsiya usitdan jurnalistlarga bayonot bergan Nursultan Nazarbayev, “Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi 2 milliard AQSh dollariga teng bo’lgan savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga chiqarishlik borasida kelishib oldik” dedi.

Afg’onistondagi vaziyatning mintaqa davlatlarini tashvishga solganligiga e’tibor qaratgan Nazarboyev, xavfsizlik tarmog’ida hamkorlik qilish borasida ham kelishib olganliklarini qayd etdi.

Nazarboyev, “Suriyada urushda mag’lubiyatga uchragan DEASh terror tashkilotining uhlagan tashkilotlar tashkil etganligiga” e’tibor qaratgan holda, “U urushda yurtimiz fuqarolari ham ishtirok etdi. Ular endilikda o’z yurtlariga qaytyapdi lekin biz ularga qarshi xushyor bo’lishimiz darkor” dedi.

Madaniy va xalqlar o’rtasidagi o’zaro hurmat, do’stlik va birodarlik munosabatlarni saqlab qolish va mustahkamlash haqida qaror qabul qilganliklarini eslatgan Nazarboyev shu doirada madaniyat, san’at, ilm-fan, turizm va sport tarmoqlaridagi o’zaro munosabatlarni qo’lga olganliklarini ma’lum qildi.

Nazarboyev, “70 million xalq istiqomat qilgan Amudaryo va Sirdaryodan foydalanish masalasida siyosiy muzokaralarga yo’l qo’yilmasligi borasida kelishib oldik. Muammolarni barcha mamlakatlarning manfaati asosida hal qilishimiz darkor” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Nazarboyev navbatdagi yig’ilishning 2019-yilning mart oyida O’zbekiston poytaxti Toshkentda o’tkazilishi haqida qaror qabul qilinganligini ham unutmadi.

Yig’ilish doirasida Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirgi’zisiton Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev alohia-alohida uchrashuv o’tkazdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar