Bokuda, navbatdagi Xalqaro kitob yarmarkasi o’z ishini boshladi

Bugun Ozarbayjon poytaxti Bokuda boshlagan navbatdagi Xalqaro kitob yarmarkasida, Turk nashriyot-matbaa ijodiy uylari ham, o’z nashrlarini ozarbayjonlik kitobxonlar bilan tanishtirdi.

816354
Bokuda, navbatdagi Xalqaro kitob yarmarkasi o’z ishini boshladi

Ozarbayjon poytaxti Bokuda, navbatdagi Xalqaro kitob yarmarkasi o’z ishini boshladi.

Yarmarkaning ochilish marosimida Ozarbayjon Bosh vaziri o’rinbosari Elchin Efendiyev bilan Madaniyat va turizm vaziri Abulfayz Garayev ishtirok etdi.

Yarmarkada Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi nomidan Bokuga borgan turk nashriyot-matbaa ijodiy uylari ham o’z nashrlarini ozarbayjonlik kitobxonlar bilan tanishtirdi.

Yarmarka bilan tanishib chiqgan Efendiyev bilan Garayev, turk stendlariga ham uchrab, ular nashrlari haqida ma’lumot oldi.

Turkiyaning Boku elchixonasi Madaniyat va turizm maslahatchisi Irfan Chiftchi, Turkiyaning yarmarkaning eng yirik ishtirokchisi ekanligini, Madaniyat va turizm vazirligining ham keng o’rin egallaganligini qayd etdi.

Vazirlik nomidan 15 ta, xususiy olaroq 5 ta jami 20 ta Turk nashriyot-matbaa ijodiy uyining yarmarkada ishtirok etganligini belgilab o’tgan Chiftchi,

“Ozarbayjonliklarning Turk nashriyot-matbaa ijodiy uylariga bo’lgan qiziqishi katta. Bu yerda Turkiya bir necha nashriyot-matbaa ijodiy uyi ochishi zarur. Bunga katta talap bor” deya gapirdi.

30-sentabrgacha davom etadigan ushbu yarmarkada 100 ta mahalliy, 40 ta chet el jami 140 nashriyot-matbaa ijodiy uyi ishtirok etmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar