Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji O'zbekistonda...

Nabi Avji poytaxt Toshkentda O’zbekiston davlat turizmini rivojlantirish komiteti rahbari Anvar Sharapov bilan uchrashdi.

738961
Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji O'zbekistonda...

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji boshchiligidagi delegatsiya kecha 24 may kuni O'zbekistonga tashrif buyurdi.

Nabi Avji poytaxt Toshkentda O’zbekiston davlat turizmini rivojlantirish komiteti rahbari Anvar Sharapov bilan uchrashdi.

Ular Turkiya sayohat agentliklari uyushmasi va Turkiya turizm federatsiyasi hamda O’zbekiston turizm agentliklari uyushmasi o’rtasidagi shartnomani imzolash marosimiga qatnashdi.

Nabi Avji so’ngra, O’zbekiston Madaniyat vaziri Mahmud Muradov bilan uchrashdi.

Muloqotda ikki davlat o’rtasida hamkorlik faoliyatlariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuvlardan so’ng o’zbek urf-odatlariga ko’ra, Nabi Avjiga zar chopon kiydirildi va turli sovg’alar taqdim etildi.

Eslatib o'tamiz, Turkiya bosh vaziri o'rinbosari Tug'rul Turkesh ham 24 may kuni O'zbekistonga tashrif buyurdi.

Bu haqda Turkiyaning O'zbekistondagi elchixonasi xabar bergan. 

U O'zbekistonda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston va Turkiya hukumatlararo qo'shma komissiyasining to'rtinchi majlisida ishtirok etadi.

Majlisda O'zbekiston delegatsiyasiga bosh vazir o'rinbosari Rustam Azimov boshchilik qiladi. 

Bugun, 25 may kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo qo'shma komissiyaning navbatdagi majlisida tomonlar turli sohalardagi hamkorlik rivoji bo'yicha masalalarni muhokama qiladilar.

Shu kuni ikki davlat ishbilarmonlari, firma va kompaniyalari vakillari o'rtasida biznes forum va ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkaziladi.

Ushbu tashrif doirasida delegatsiya tarkibidagi turk sayyohlik firma va kompaniyalari vakillari o'zbek hamkasblari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilishi ko'zda tutilgan.

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji va Turkiya bosh vaziri o'rinbosari Tug'rul Turkesh tashrif doirasida Buxoroda o'tkaziladigan “Ipak va ziravorlar” festivalida ham ishtirok etadi.

 



Aloqador xabarlar